“Ethno Style”: Milliy va zamonaviylik uyg‘unligi

Date:

Modasiz hayotimizni tasavvur eta olmaymiz. Tashqi ko‘rinishimiz, zamon bilan hamnafas yashashimiz ayni modaga bog‘liq. Albatta, o‘zimizga yarashgan libosni kiyishimizning o‘ziyoq moda deyishingiz mumkin. Egnimizga yarashtirib kiyish uchun ham didimizni, istak va xohishlarimizni hamda qulaylik qidiramiz. Bugungidek, milliylikka qaytish boshlangan kunlarda milliylikni zamonaviylik bilan uyg‘unlashtirish esa eng yaxshi uslubni yaratishga xizmat qilmoqda.
Termiz davlat universiteti talabalari tomonidan “Ethno Style – etnik va zamonaviy uslub uyg‘unligi” nomli milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda Milliy libos va san’at fakultetining Dizayn: milliy kostyum ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan iqtidorli talabalari o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi. Ko‘rgazmada milliy urf-odatlarimizni zamonaviy moda bilan uyg‘unlashtirgan liboslar namoyish etildi. Tadbir doirasida tomoshabinlarga badiiy dastur asosida tayyorlangan, bir-birini to‘ldirib boruvchi chiqishlar namoyish qilindi va ular yig‘ilganlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun