“Imkoniyatlar olimpiadasi” bellashuvi boʻlib oʻtadi

Date:

O‘zbekistonda ilk bor nogironligi mavjud boʻlgan yoshlar oʻrtasida “Imkoniyatlar olimpiadasi” kasblar bellashuvi 2025-yil 21-apreldan 1-mayga qadar oʻtkaziladi. Olimpiadada 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan, o‘ziga xos jismoniy imkoniyatlaridan qat’iy nazar, barcha ishtirokchilar o‘z kasbiy mahoratlarini namoyish etishlari mumkin.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, agentlik huzuridagi Xalqaro inklyuziv xab va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda. Ishtirokchilar 10 ta kasb boʻyicha oʻzaro bellashadi.
Tanlovda 389 nafar nogironligi boʻlgan shaxs ishtirok etish istagida maxsus platformada roʻyxatdan oʻtgan. “Imkoniyatlar olimpiadasi”ni tashkil etishdan maqsad – nogironligi boʻlgan shaxslarni oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishini qoʻllab-quvvatlash, kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish, ijtimoiylashtirish, oʻziga boʻlgan ishonchini oshirish va mehnat bozorida ularning oʻrnini mustahkamlashdan iborat.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun