Qudratimiz do‘stlik va hamjihatlikda

Date:

Yurtimizda milliy maqom yo‘nalishidagi qo‘shiqlarning targ‘iboti yanada kuchaygan. Yoshlarga bu yo‘nalishdagi qo‘shiqlarni o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘z navbatida, xalqimiz ham ajodlarimiz qoldirgan boy madaniy merosiga aylangan maqom qo‘shiqchilik san’atiga o‘zining munosib bahosini bermoqda.
Ana shunday targ‘ibotlarning davomi sifatida “Qudratimiz do‘stlik va hamjihatlikda” shiori ostida ko‘pgina madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, Termiz shahridagi “Nuroniylar choyxonasi”da bo‘lib o‘tgan tadbir xalqimizni ahillikka, do‘stlikka bo‘lgan fidoyilikka chorladi. O‘zbek milliy maqom san’ati viloyat hududiy bo‘linma jamoasi ham bu tadbirda qatnashib, milliy maqom yo‘nalishida Vatan, xalq, do‘stlik haqidagi qo‘shiqlarini ijro etdi.
“Xalqlar do‘stligi — yurtlar boyligi” deb bejiz aytilgan. Yurtimizda do‘stlik, birodarlik g‘oyalari targ‘ibotiga keng o‘rin berilgan. Har bir millat, elatning urf-odati, ularning tili, dini, e’tiqodini ta’minlashga har birimiz yelkama-yelka turib, barcha sohalarda dadillik bilan mehnat qilayotganimiz esa fikrlarimizning isboti demakdir.

Umida Allamurodova,
O‘zbekiston milliy maqom san’ati markazi Surxondaryo hududiy bo‘limi xonandasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun