Mahalla tizimi xodimlari sharaflandi

Date:

Bugungi kunda barcha sohalar qatorida mahalla institutining jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, uning huquq va vakolatlarini kengaytirish, moddiy-texnik bazasini rivojlantirish hamda kadrlar salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida mamlakatimizda 22-mart — “Mahalla tizimi xodimlari kuni” sifatida belgilangan.
Sana munosabati bilan Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da mahalla tizimida fidokorona mehnat qilayotgan ilg‘or xodimlarni taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, mahalla tizimi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.


Mahallalarni obod qilish, “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish hamda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit yaratish yo‘nalishidagi xizmatlari uchun 14 nafar xodim “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi, 25 nafariga esa viloyat hokimligining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Taqdirlash marosimidan so‘ng, mahalla tizimi xodimlari uchun kasb bayrami munosabati bilan konsert dasturi namoyish etildi.

Oldingi sahifaYoshlarimiz faxrimiz
Keyingi sahifaNatija kutganimizdek

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ulkan marralar sari…

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo viloyati hokimi...

Yangi yo‘nalish — yangi qulaylik!

Aholiga yanada qulay sharoit yaratish va transport xizmatlari sifatini...

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...
KunTun
KunTun