Natija kutganimizdek

Date:

Sportda yigitlar bilan bir qatorda qizlar ham yuqori natijalarni qayd etib, muvaffaqiyat qozonishayotir. Bu esa qizlarning yigitlardan aslo kam emasliklarini, intilgan, harakat qilgan kam bo‘lmasligini isbotlaydi. Qolaversa, ota-bobolarimiz qiz bola o‘qimasin, uyda o‘tirsin degan qarashlarini tamoman o‘zgartirishgan. Barcha jabhada qizlarimiz o‘z iqtidor va salohiyatlarini namoyish etishmoqdaki, beixtiyor shunday farzandlar ulg‘ayayotganidan faxrlanadi kishi.
Rossiyaning Moskva shahrida qizlar va o‘smir qizlar o‘rtasida ikki karra Jahon chempioni Sofya Ochigava sovrini uchun xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqada sportchi qizlar qatorida o‘zbek qizlarining borligi quvonarli. Natija esa xuddi kutganimizdek.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, surxondaryolik umidli bokschi Sevinch Xurramova 63 kilogramm vaznda ishtirok etib, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun