15-martdan 15-aprelgacha…

Date:

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasining 2024-yildagi faoliyat tahlili va 2025-yil uchun ish rejasi asosida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha mavjud muammolarni bartaraf etish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, Favqulodda  vaziyatlar vazirining 2025-yil 3-mart 73-sonli burugʻiga asosan, 15-martdan 15-aprel kuniga qadar “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va fuqaro muhofazasi oyligi” etib belgilangan.

15-martdan “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yongʻin-qutqaruv otryadi hamda Termiz tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi harbiy xizmatchi va xizmatchilari tomonidan Termiz tumanida joylashgan harbiy qismda “Jasorat maktabi” tarbiyalanuvchilariga  targʻibot-tashviqot va o’quv seminari oʻtkazildi.

Seminar qiziqarli va foydali maʼlumotlarga boy oʻtdi. Soha xodimlari favqulodda holatlarda ogʻishmay, hayajonga berilmay, qanday chora koʻrishlari, harakatlanish lozimligini amaliy harakatlar bilan koʻrsatib berdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Xayrabod”da Navro‘z shukuhi

Xayrabod garnizonidagi harbiy qismda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan...

Yashamasa, ro‘yxatdan chiqariladi

2026-yil 1-martdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)...

Tabiatdan ilhomlanib…

Tabiat – ijodkorning eng katta ilhomi. Musaffo havo, quyosh...

Yangi ko‘prik quriladi

Prezident tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo...
KunTun
KunTun