Polvonlar boʻsh kelmadi

Date:

“Navro‘z” umumxalq bayrami sayllari doirasida Sherobod tumanidagi “Sport arena” majmuasida katta kurash musobaqasi boʻlib oʻtdi. Musobaqani Surxon vohasining kurash faxriylari hamda nuroniy polvonlari boshlab berishdi.

Bellashuvda erkaklar 3 ta vazn, ayollar 2 vazn toifasida gilamlarga chiqishdi. Avvaliga erkaklar o‘rtasida 66 hamda 81 kilogramm vazndagi polvonlar bahslari bo‘lib o‘tdi. Shiddatli kechgan kurashlardan soʻng, oʻz vazn toifalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Jumladan, qizlar o‘rtasida 63 kilogramm vazn toifasida Termiz shahrilik Tillo Xonimqulova, +63 kilogramm vazn toifasida ham termizlik Shohista Nazarova 1-oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

Erkaklar o‘rtasida Sardor Xurramov (Denov tumani), Bobur Yangiboyev (Termiz tumani)lar oʻz toifalaridan barcha raqiblari kuragini yerga tekkizib, birinchi boʻlishdi. G‘oliblarga sovrinlarni viloyat hokimining o‘rinbosari va boshqa mutasaddilar tantanali topshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ma’rifat oiladan boshlanadi

Kitob inson tafakkurini boyitib, dunyoqarashini kengaytiradi. Oilada shakllangan mutolaa...

Moda tanlovida Surxon nafasi

Milliy an’analar, zamonaviy uslub va ijodiy yondashuv uyg‘unligi moda...

Xalqaro posilkalarni rasmiylashtirish arzonlashadi

Xalqaro onlayn savdo va kuryerlik xizmatlaridan foydalanish kengayib borayotgan...

Issiqxonachilarga imtiyoz bor

Prezident qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-noyabrdan 2030-yil 1-aprelga qadar energiya...
KunTun
KunTun