Urinish besamar ketmadi

Date:

Sportning turlari ko‘p. Har bir sport turi esa alohida tayyorgarlik, mehnat va izlanish talab etadi. Sambo sport turi ham keng ommalashib ulgurgan sport turlaridan bo‘lib, yigitlar bilan bir qatorda qizlar ham katta qiziqish ila sambo sirlarini o‘rganishmoqda.
Farg‘ona viloyatida sambo va jangovar sambo sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati tashkil etildi. Musobaqada erkaklar va ayollar o‘rtasida kechgan kurashlar qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tdi.
Ushbu nufuzli chempionatda Termiz davlat universiteti nomidan 3 nafar sambochi yosh ishtirok etib, munosib natijalarni qo‘lga kiritdi. Ular orasida ikki nafar sportchi medallar bilan taqdirlandi. 59 kilogramm vazn toifasida kechgan kurashlar natijalari bo‘yicha Xurshida Abduvohidova 1-o‘rinni, 50 kilogramm vazn toifasidagi bellashuvlarda Nilufar Qodirova 3-o‘rinni egalladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun