“Ichki turizm yarmarkasi” tashkil qilindi

Date:

Ichki turizmni rivojlantirish, mavjud turizm obyektlariga aholining e’tiborini jalb qilish, sohadagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va turoperator hamda turagentlarni iste’molchilarga tanishtirish maqsadida “Boysun bahori” turizm majmuasida “Ichki turizm yarmarkasi” tashkil qilindi.

Yarmarka doirasida milliy madaniyat markazlari, viloyatning o‘ziga xos turistik maskanlari, madaniy meros obyektlari va biologik xilma-xillik namoyish etildi. Shuningdek, hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari uyushtirilib, tashrif buyuruvchilarga mahalliy hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar taqdim qilindi.

Tadbir davomida turizm sohasi vakillari o‘rtasida “B2B” uchrashuvlari o‘tkazilib, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator shartnoma va kelishuvlar imzolandi. Ushbu yarmarka ichki turizmni yanada rivojlantirish, yangi turistik yo‘nalishlarni kengaytirish hamda sohadagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun