“Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!”

Date:

Navro‘z — yangi kun, yangi yilga debochadir. Bu kun dillarga xushnudlik, ajib bir kayfiyat baxsh etadi. Bahor o‘z ishini qilib, borliqni kelinchakmisol yasantirganidanoq Navro‘zga taraddud boshlangandek bo‘ladi.


Termiz shahrida bahor nafasi, Navro‘z shukuhi hukmron. “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan viloyatning asosiy bayram sayli San’at saroyida erta tongdan boshlanib, qizg‘in tus olgan. Voha ahli va mehmonlarni o‘z bag‘riga chorlayotgan sayilda qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilgan. Bu yilgi sayillar har yilgidan o‘zgacha tarzda o‘tkazilmoqda. Qayga boqmang, o‘zingizni gullar qurshovida his etasiz. Qushlar, bulbullarning shirali ovozi quloqlaringiz ostida jarang sochayotgandek, oyoqlaringiz o‘ziga bo‘ysunmaydi. Beixtiyor tomosha zavqiga berilib, San’at saroyi bo‘ylab kezishni boshlaysiz.


Markazda musiqali drama hamda qo‘g‘irchoq teatrlarining konsert tomoshalari bayramni yanada qizitib, barchani sho‘x-shodon raqsga chorlasa, folklor jamoalar ishtirokidagi ko‘rik-tanlov esa e’tiboringizni jalb etmay qo‘ymaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun