Tashabbuslar muhokama qilindi

Date:

Sport turlarini ommalashtirish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etiladi. Yoshlarning qiziqishi oshirilib, ishtiroki va qamrovi oshiriladi. Ho‘sh, sport turlarini qanday rivojlantirish, yoshlarning muvaffaqiyatlarga erishishini oshirish mumkin?
Viloyat hokimining sport tizimini rivojlantirish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosi doirasida Termiz davlat universiteti rektori, viloyat Gandbol federatsiyasi raisi A. Toshqulov mas’ullar, murabbiy va sportchilar bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida federatsiyaga biriktirilgan homiylar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi hamda tizimni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi. Uchrashuvda gandbol bo‘yicha seleksiya ishlarini samarali tashkil etish maqsadida har yili to‘rt marotaba “Rektor kubogi” musobaqalarini tumanlarda tashkil etilishi belgilandi.
Samimiy muloqotlar jarayonida jamoaviy iroda ko‘rsatib, yaxshi natijalarga erishgan sportchilar rag‘batlantirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun