Nisholda-yu, holva tayyorlab…

Date:

Ro‘zayi ramazon oyida eng hushxo‘r shirinlik sifatida nisholda, holvani sevib iste’mol qilamiz. Bu milliy shirinliklarning mazali ta’mi, kishini to‘q tutishi uchun ham azaldan bobo-momolarimiz tayyorlab kelishadi. Hozir ham bu shirinliklar o‘rnini hech bir shokolad-u marmaladlar bosa olgani yo‘q.
Sho‘rchi tumanidagi “Elbayon” mahallasida yashovchi Zefina Qodirova 43 yildan buyon turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda nisholda, holva tayyorlab, voha ahli dasturxoniga tortiq qilishda mehnati va xizmatini ayashmayapti.
Nisholda, holva tayyorlash ota-bobolarimizdan qolgan hunar, — deydi Zefina Qodirova. — Ramazon oyida har kuni 200 kilogramm nisholda, holva tayyorlayapmiz. Tayyor mahsulotlarimizni bozorga, yaqin atrofimizdagi savdo nuqtalariga yetkazib beramiz.
Albatta, ushbu mahsulotlarni tayyorlashning o‘z sir-u sinoati bor. Aks holda hamma ham tayyorlay bilgan bo‘lardi. Ota-bobolari ishini sharaf ila davom ettirib kelayotgan bu oila vakillari uchun yaxshigina daromad manbayi hamdir. Nisholda tarkibida yetmak degan o‘simlik ildizi borligini bilarmidingiz? Aynan shu ildiz ovqat hazm qilish tizimini yaxshilaydi, ichaklarni tozalaydi. Oshqozon yarasi kasalligi bor insonlar uchun juda foydali. Bu Ibn Sino kitoblarida ham yozilgan.
To‘g‘ri, xalqimizning har mavsumga xos taomlari bor. Bahorda ko‘k somsa, sumalak tayyorlasak, yozda go‘ja sevimli taomimizga aylanadi. Boisi, ushbu taomlarga ishlatiladigan mahsulotlarni boshqa fasllarda odatda topish mushkul. Ammo muqaddas Ramazon oyi qaysi faslga to‘g‘ri kelishidan qat’i nazar nisholda, albatta, tayyorlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kambag‘allik chekinmoqda

Amalga oshirilayotgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi hududlarda aholi bandligini...

O‘zgarishlar nasimi esmoqda

Surxondaryo viloyati hokimining tashabbusi bilan Termiz tumanidagi “Termiz”, “Quyoshli...

Retseptsiz sotsa, jazosi og‘ir

2026-yil 6-martda qabul qilingan qonunga muvofiq, tarkibida kuchli ta’sir...

Ichimlik suvi tarmog‘i kengaytirildi

Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha berilgan...
KunTun
KunTun