Mashg‘ulotlar ommalashadi

Date:

Ertalabdan uyg‘ongandan inson o‘zini tetik his etishi uchun jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi tavsiya etiladi. Albatta, doimiy badantarbiya qiladiganlar fikrimiz to‘g‘riligini tasdiqlashlari aniq. Termiz davlat universitetining tashabbuskor talabalari esa ayni qoidaga amal qilgan holda ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarini boshladilar. Ular buni an’anaga aylantirishmoqchi.
Badantarbiya mashg‘ulotlarining targ‘ibotchisi bo‘lishgan talabalar atrofdagilarga ibrat ko‘rsata olishdi shekilli, qisqa daqiqalarda ularning safi kengaya bordi. Kampusdagi TTJda istiqomat qilayotgan talabalar ruhiyatini ko‘taradigan musiqa sadolari ostida jismoniy tarbiya mashqlari yanaqa qizg‘in tus oldi. Mas’ullarning ta’kidlashicha, ommaviy sport mashg‘ulotlarining qamrovi kundan kunga kengaytirib boriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun