Intensiv bog‘lar barpo etilayotir

Date:

Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmini oshirish masalalari muhokama qilinib, hududlarda sanoatlashgan intensiv mevali bog‘lar va tokzorlar barpo etish vazifasi belgilab berilgan edi. Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida vohamizda tadbirkorlar bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalar tanlab olinib, amalga oshirilmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifi davomida Termiz tumanida 88 gektar, Angor tumanida 165 gektar va Sherobod tumanida 5 gektar maydonda bog‘zorlar tashkil etish loyihalari bilan tanishdi.
Xususan, “Ravno Grow” MCHJ tomonidan 165 gektar maydonda tashkil etilayotgan sanoatlashgan bog‘ hududida yer tayyorlash, ko‘chat ekish va zamonaviy sug‘orish tizimlarini joriy etish ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, viloyat Soliq boshqarmasi tashabbusi bilan 5 gektar maydonda tashkil etilayotgan pavloniya bog‘ida ko‘chat o‘tqazish jarayonlari ham o‘rganildi. Loyihalarni sifatli amalga oshirish, serhosil va intensiv usulda yetishtirilgan ko‘chatlarni ekish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tashrif yakunida Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Abdumo‘min Jo‘rayev” fermer xo‘jaligi tomonidan energotejamkor suv nasoslari va ularni “yashil” energiya bilan ta’minlovchi quyosh panellarini joriy etish ishlari bilan tanishildi. Fermer xo‘jaligi tomonidan 65 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilayotgan bo‘lib, ular yiliga 105 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi hamda 94,5 million so‘mlik energiya xarajatlarini to‘liq qoplashi rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun