“Ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?”

Date:

Har birimizning ekologiyaga oid bilim va tushunchamiz bo‘lsa, qilayotgan xatt-harakatlarimiz bilan unga zarar keltirmagan bo‘lardik. Afsuski, ekologik madaniyatning sustligi duch kelgan joyga chiqindi uloqtirishimizga, suv jo‘mragini burashni unutishimizga, chiqindini yoqib, tiriklikni nobud qilishgacha boramiz. Bu ishlardan bizga manfaatdorlik bo‘lmasa-da, e’tiborsizlik ila qilgan javobimizning oqibati ayanchli bo‘ladi. Aslida eng katta dushmanlik ham loqaydlik deya bejiz aytilmagan-ku!
Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida bolaligimizdan ekologik bilimlarimizni boyitishimiz, ekologik madaniyatimizni oshirishimiz lozim. Bu borada umumta’lim maktablarida yetarlicha bilim berilayotgani esa nur ustiga nur. Ho‘sh, bizning ekologik bilimlarimiz qay darajada, sohaga oid qonunlarni bilamizmi? Axir, ekologiyaga qilingan har qanday zarar javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ayni jihatlarni hisobga olgan holda Termiz shahridagi 9-sonli umumta’lim maktabida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” mavzusidagi ko‘rik-tanlovning shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli ko‘rik-tanlov davomida ishtirokchilar ekologiya sohasidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Tanlov yakunida g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun