Maoshi 10 foizga oshiriladi

Date:

Prezidentning jamiyat madaniy hayotida teatrning ahamiyatini oshirish va faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga doir 2024-yil 22-noyabrdagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bolalar musiqa va san’at maktablarida ishlab kelayotgan xodimlarning mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari oshiriladi.
Ya’ni, Madaniyat vazirligi tizimidagi bolalar musiqa va san’at maktablarining direktori, direktor o‘rinbosarlari, o‘qituvchi va konsertmeysterlarining oylik ish haqlari joriy yildan boshlab 10 foizga oshirish ko‘zda tutilgan.
Hukumatning mazkur qarori loyihasiga ko‘ra, ushbu toifa pedagoglar oylik maoshlarining oshirilishi Davlat byudjetidan qo‘shimcha 78 milliard 900 million so‘m mablag‘ ajratishni talab qiladi. Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi hujjat hali loyiha bosqichida bo‘lib, Bosh vazir tasdig‘idan so‘ng kuchga kiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun