Darsdan soʻng qoʻshimcha daromad

Date:

Ish bilganga ming tanga deb bejiz aytishmagan. Ishning ko‘zini biladigan yoshlarimiz bugungi kunda vaqtlaridan unumli va mazmunli foydalanishayotir. Nafaqat, ta’lim-tarbiya olib, fan sirlarini o‘rganishmoqda, balki o‘zlari qiziqqan kasb-hunarlarni-da o‘zlashtirib, bilganlarini amaliyotda qo‘llay olishayotgani quvonarli hol. Bu o‘zi va o‘zgalar uchun manfaatli ham. Aytaylik, tikish-bichishni bilgan qizlar tikuvchilik bilan mashg‘ul bo‘lishsa, IT sohasini o‘rganganlar ham kam bo‘lishmayapti, bilimlari atrofdagilarning-da og‘irini yengil, mushkulini oson qilmoqda.
Sariosiyo tumanida joylashgan 7-, 18- va 68-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari hozirdanoq kasb-hunar o‘rganib, mehnat bozorida oʻz oʻrinlarini egallashmoqda. Oʻquvchilar asosan, dasturlash va tikuvchilik yoʻnalishlarida faoliyat olib borishadi. Albatta, oʻquvchilar ushbu natijaga darsdan soʻng boʻlib oʻtadigan toʻgarak, innovatsion loyihalar va kasbiy taʼlim dasturlariga jalb etish orqali erishishmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun