Vatanparvarlik ruhimizda, qonimizda

Date:

Uydan uzoqlashsak, qaytishni istab qolamiz, xonamiz, hovli-bog‘larimizni qumsaymiz. Bu vatan sog‘inchi, vatan muhabbatidir. Bu muhabbatni targ‘ibot-u tashviqot bilan singdirib bo‘lmaydi. Qadrdon uyimizni asrashga, avaylashga urinamiz, bog‘imizdagi daraxtmi, nihol yoki gulmi, unib o‘sishi uchun suv quyib, ostini yumshatamiz, parvarishlaymiz. Axir bu insoniylik burchimiz, vatanparvarlikning bir nishonasi. Endi kengroq ma’noda oladigan bo‘lsak, vatan tug‘ilib o‘sgan makondir. Uni asrash, himoya qilish esa muqaddas burchdir. Bu burchni farzandlarimizga, yosh avlod ong-u shuuriga singdirish esa biz kattalarning vazifamizdir.
Angor tumandagi umumta’lim maktablarida yoshlar qalbida vatanparvarlik, yurt tinchligi va taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirda Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tinch, osuda, to‘kin hayotimizni ta’minlashga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, tadbirda o‘quvchilar o‘rtasida turli sport musobaqalari tashkil etilib, g‘oliblar taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun