Suv kodeksi qabul qilinadi

Date:

“Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqildi. Deputatlar kodeks loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash davomida suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasida masʼul organlarning vakolatlari, vazifa va funksiyalarini aniq belgilash, suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini kengaytirish, suvdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish shartlarini soddalashtirish, suvni isteʼmolchilar orasida taqsimlashning yangi mexanizmlarini joriy etishga alohida ahamiyat qaratgan.
Qonunchilik palatasining joriy yilning 24-yanvar kuni boʻlib oʻtgan majlisida kodeks loyihadagi ayrim normalar, yaʼni suv olish tartibini buzganlik uchun jarima sanksiyalari bilan bogʻliq masalalar deputatlarning eʼtirozli savollariga sabab boʻlib, xalq vakillari tomonidan bir qator takliflar berilgan edi. Oʻtgan davrda masʼul qoʻmita tomonidan ushbu takliflar chuqur tahlil qilingan va ular asosida loyiha har tomonlama pishiq-puxta holatga keltirilib, maromiga yetkazilgan.
Deputatlarning fikricha, kodeks loyihasining qabul qilinishi suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, texnologik modernizatsiya qilishni ragʻbatlantirishga xizmat qiladi. Kodeks loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilingan va Senatga yuborilgan.

Oldingi sahifaDo‘st
Keyingi sahifaMilliy libos — millat timsoli

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun