Katta asteroid Yer bilan to‘qnashadi

Date:

Astronomlar 2032-yil 22-dekabrda sayyoramiz bilan to‘qnashishi mumkin bo‘lgan 2024 YR4 nomli yangi asteroidni topdilar. Uning diametri taxminan 60 metrni tashkil qiladi va to‘qnashish ehtimoli 1/83 nisbatida baholanadi.
Obyekt hozir Yerdan taxminan 43 million kilometr uzoqlikda. NASA hisob-kitoblariga ko‘ra, 2032-yilda u 106 ming kilometr masofaga — Oygacha bo‘lgan masofaning uchdan bir qismiga yaqinlashadi. Biroq, hisob-kitoblardagi noaniqliklar tufayli, trayektoriyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga olib kelishi ehtimoli bor.
Agar asteroid atmosferaga kirsa, u 1908-yildagi Tunguska meteoritiga o‘xshash kuchli havo portlashiga olib kelishi mumkin. Shunda zarba to‘lqini 2 ming kvadrat kilometrdan ortiq maydondagi o‘rmonlarni vayron qilgan edi. Agar 2024 YR4 zichroq va temirga boy bo‘lsa, u yer yuzasida ulkan kraterni qoldirishi mumkin.
Asteroid allaqachon Yevropa kosmik agentligi va NASA tomonidan tuzilgan eng katta zarba xavfi bo‘lgan obyektlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa qo‘yilgan. Turin tahdid shkalasi bo‘yicha u 3 ball reytingga ega, ya’ni diqqat bilan kuzatuvni talab qiladi. Ammo astronomlar vahima qilmaslikka chaqirmoqda. 2028-yilda u Yerga (sakkiz million kilometr masofaga) yaqinlashadi va bu olimlarga uning hajmi, tarkibi va trayektoriyasini aniqroq aniqlash imkoniyatini beradi.
Mutaxassislar to‘qnashuv ehtimolini aniqlash uchun fevral oyigacha kuzatishlarni davom ettiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun