Jamoatchilik fikri muhim

Date:

Albatta, yurtimizda amalga oshiriladigan har qanday loyiha, g‘oya va tashabbuslar ko‘pning fikrini inobatga olgan holda, xalqning xohish-istagi bilan amalga oshirilishi har birimizning fikrimiz muhim ahamiyatga ega ekanidan dalolat beradi. Bu o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshirish bilan birga, yurtga daxldorlik hissini ham oshiradi. Ayni maqsadda Darband q-Boysun sh.-Elbayon yo‘lini qayta qurish loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.
Aytish kerakki, D161 (4R105) “Darband q.-Boysun sh.-Elbayon q.” avtomobil yo‘lining 5—70-km qismi va D167 (4R100) avtomobil yo‘lining 128—174-km qismini rekonstruksiya qilish loyihasi Prezidentimizning PQ-189-son qarori asosida amalga oshirilmoqda.
D167 (4R100) avtomobil yo‘lining 128—174-km qismida 2024-yilning 25—26-noyabr kunlari mutaxassislar o‘rganish ishlarini olib borishdi. Loyihaning yo‘l qatnov qismi enini 3 metrdan 3,5 metrgacha qisqartirish orqali qatnov qismlar soni 4, ayrim joylarda 2 tasmali o‘zgartirishlar nazarda tutilib, bunda 1976 tup daraxt qurilish ishlari ostiga tushmoqda. (Eski loyihada 10567 tup) Natijada 8591 tup daraxt saqlab qolindi.
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda viloyat AYBB boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilgan jamoatchilik eshituvida ushbu yo‘l qurilish ishlariga xalaqit berayotgan 2706 tup daraxtni ko‘chirib o‘tqazish, to‘liq saqlab qolish bo‘yicha belgilab olingan aniq chora-tadbirlar haqida qatnashchilarga batafsil ma’lumot berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun