Vatan unutmaydi qahramonlarin

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sektor rahbarlari, tuman mudofaa bo‘limi boshlig‘i tomonidan “Inkobod” mahallasida yashovchi Xurram bobo Jo‘rayev xonadoniga tashrif buyurib, Sariosiyo tog‘larida joylashib olgan ekstremistik terrorchilarning yo‘q qilish chog‘ida mardlarcha halok bo‘lgan mard o‘g‘lon Mashrab Jo‘rayev xotirlandi. Qahramonlarcha halok bo‘lgan oddiy askarning oila a’zolariga yuksak ehtirom ko‘rsatildi.
Shuningdek, Boysun tumandagi “Temir darvoza” mahallasida istiqomat qiluvchi 103 yoshli Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Shohimardon Hamroyevga tuman hokimi hamda sektor rahbarlari, tuman mudofaa bo‘limi boshlig‘i, Nuroniy jamg‘armasining Boysun tumani bo‘limi rahbari tomonidan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram sovg‘alari yetkazildi.
Vatan himoyasidek sharafli vazifani bajarish vaqtida o‘z jonidan kechgan mard o‘g‘lonlarni qancha ulug‘lasa ham shuncha oz ekanligi, o‘tkinchi dunyoda yaxshi nom bilan iz qoldirish oson emasligi, sanoqli insonlarning nomigina mangulikka muhrlanishi, ularga atab she’r-u dostonlar bitilishi, yillar o‘tsa-da, katta-yu kichik ularning nomini ehtirom ila tilga olib, hurmat ila xotirlanishi, ularning yodi hamisha ehtirom va e’zozga loyiqligi ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun