Tomorqa — daromad manbai!

Date:

Zaminimiz unumdor va serhosil. Harakat qilgan inson kaftdek yerdan ham yaxshigina daromad qiladi. Gulshodat Ulugʻberdiyeva Angor tumanining “Xomkon” mahallasida istiqomat qiladi. O‘tgan yili hovlisidagi tomorqada issiqxona tashkil etib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari etishtirishni yo‘lga qo‘yishdi.
Turmush oʻrtogʻim bilan birgalikda dehqonchilik bilan shugʻullanamiz. Tomorqamiz 15 sotix boʻlib, shundan 8 sotixiga issiqxona qurganmiz. Bu yil rukkola ekanmiz. Hozirda hosilni 70 000-75 000 soʻmdan sotyapmiz. Bundan tashqari, chorvachilik, parrandachilik va asalarichilik bilan ham shug‘ullanib, daromad topyapmiz, – deydi Gulshodat Ulugʻberdiyeva.
Darhaqiqat, mehnat qilgan kam boʻlmaydi. Tumanimizda hozirgi vaqtda issiqxona qurib, tomorqasidan moʻmaygina daromad olayotgan tadbirkor oilalalar soni kun sayin koʻpaymoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun