“Al-Bayan”da biz haqimizda…

Date:

Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Bayan” nashri O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 2024-yil aprelidan beri eng past darajaga tushgani haqida maqola chop etdi. Maqolada O‘zbekiston statistika agentligi e’lon qilgan ma’lumotlar, ya’ni mamlakatda inflyatsiya darajasi dekabr oyida apreldan beri eng past darajaga tushgani ta’kidlangan.
Statistika agentligining xabar berishicha, iste’mol narxlari dekabr oyida 9,8 foizga oshgan, bu sakkiz oy ichida eng kam yillik o‘sishdir va oylik narxlar 1,04 foizga oshgan.
Nashr 2017-yildan buyon yurtimizda infratuzilmani rivojlantirish va xorijiy sarmoyalarni jalb qilishga qaratilgan 30 dan ortiq qonun va qarorlar qabul qilinganiga e’tibor qaratgan.
– “O‘zbekiston 2030” strategiyasida xalqaro sayyohlar oqimini ko‘paytirish, o‘lkada zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish muhimligi ta’kidlangan. Ushbu maqsadlarga erishish uchun turizm sohasidagi ishlar jadallashmoqda, viza berish tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha samarali ishlar yo‘lga qo‘yilgan, -deyiladi maqolada.
E’tiborli jihati, maqolada diyorimizda hozirda taxminan 155 ming o‘ringa mo‘ljallangan 5 ming 250 dan ortiq turar joy obyektlari, jumladan, mehmonxonalar va oilaviy uylar mavjudligi alohida e’tirof etilgan.
Shuningdek, 28 ta hududdagi 135 ta mahalla turizm salohiyati yuqori hududlar deb baholangani, ularni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, infratuzilmani yaxshilash va soliq imtiyozlari berish orqali rivojlantirish bo‘yicha rejalar amalga oshirilayotgani qayd etilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun