Faol nuroniylar kambag‘al oilalarga biriktiriladi

Date:

Har doim maslahatlashish kerak bo‘lib qolsa, yoshi ulug‘, tajribali insonlarning fikrlariga, tavsiyalariga quloq tutamiz. Zero, bunday yo‘l tutib, sira adashmagan bo‘lamiz. Ulug‘larimizning yo‘l-yo‘rig‘i bilan boshlangan har qanday ishimiz baroridan keladi. Shunday ekan, ana shunday yo‘l tutishni ommalashtirish lozim. Hukumat qarori bilan “Faol nuroniylarni kambag‘al oilalarga biriktirish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Nizom faol nuroniylarni kambag‘al oilalarga biriktirish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish, shuningdek, kambag‘al oila farzandlariga ta’lim olishlari uchun o‘quv jihozlari va qurollari, sport kiyimlarini xarid qilish, keksa fuqarolarning sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibini belgilaydi.

Belgilangan tartibda tanlab olingan uch nafardan faol nuroniylarga yashab turgan joyi bo‘yicha 5 tadan kambag‘al oila olti oy muddatga biriktiriladi. Faol nuroniylar biriktirilgan oilalar bilan ishlashda “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. «Nuroniy» jamg‘armasi va tanlab olingan faol nuroniylar o‘rtasida faol nuroniylarni rag‘batlantirish maqsadida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar rasmiylashtiriladi. Tanlab olingan faol nuroniylar ularga yuklangan vazifalarni bajarishlari uchun «Nuroniy» jamg‘armasi tomonidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizi miqdorida rag‘batlantiruvchi to‘lovlar ularning roziligiga ko‘ra bank plastik kartalariga to‘lab beriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

NAQD PULDAN RAQAMLI TIZIMGA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrda qabul qilingan PF-246-sonli Farmoni...

“BIZ KIM MULKI TURON, AMIRI TURKISTONMIZ”

Mamlakatimiz milliy rivojlanishning yangi bosqichi — Uchinchi Renessansga qadam...

Massiv mo‘jaz  manzilga aylandi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Obyektlar tizimga kiritildi

Bandixon tumani, "Qaldirg‘och" mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “Oʻzboshimchalik...
KunTun
KunTun