IELTSdan 9…

Date:

IELTSdan yuqori natijalarni olishni ko‘zlab til o‘rganishga kirishamiz. Mening hayotim esa ana shu o‘rganishlarim bilan bog‘lanib, asosiy ish faoliyatimga aylandi. O‘z repititorlik markazimni ochishimga ilhom bag‘ishladi. Eng katta maqsadlarimdan biri esa IELSdan 9 balni qo‘lga kiritish edi. Bu yo‘lda 17 marotaba imtihondan o‘tishimga to‘g‘ri keldi. Boshida ham natija yomon emasdi, 7,5-8 ball bilan to‘xtab qolardim. Bu yil esa nihoyat maqsadimga yetib, IELSdan 9 balni qo‘lga kiritdim. Bu bilan o‘zimga uddalay olishimni isbotlay olgan bo‘lsam, o‘quvchilarim uchun pozitiv kayfiyat baxsh edi. Ular ancha jonlanib qolishdi. Jamoamdagi o‘qituvchilarning ham o‘zlariga ishonchi oshib, bu yo‘ldagi harakatlarini kuchaytirishganini sezdim.
Til o‘rganish ishtiyoqidagi yoshlarning barchasi harakat qilsa, albatta, mana shunday muvaffaqiyatlarga erishishadi.

Dilshod ISTAMOV,
IELTS instruktor

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun