Vaqti besamar ketmadi

Date:

Albatta, soat millari soniya sayin yangi yilning boshlanayotganini eslatgandek ovoz beryapti. O‘tayotgan lahzalarni qaytarib yoki to‘xtatib bo‘lmaydi. Shunday ekan, qilgan ishlarimizni sarhisob qilib, kelgusi rejalarni katta olib, vaqtdan unumli foydalanishimizni maqsad qilishimiz darkor. Ana shundagina to‘g‘ri yo‘lda bo‘lamiz.
Ho‘sh, o‘tgan yil qanday o‘tdi, hayotimizda qanday iz qoldirdi? Nimalarga ulgurdik, nimalarga esa yo‘q? yutuqlarimiz o‘zimizniki, kamchiliklarimiz ham. Ammo nima bo‘lganda ham o‘z vaqtida kerakli xulosani chiqara olishimiz shart va zarur.
E’tibor, rag‘bat, e’tirof esa mehnatlarimiz mevasi bo‘lsa, quruqqo‘l bilan yangi yilni boshlayotganlar uchun ham o‘tib borayotgan vaqt saboq bo‘lmog‘i kerak. “Yoshlar forumi — 2024” doirasida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh yoshlar “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishgan bo‘lsa, bu ularning vaqtlari besamar ketmaganini ko‘rsatadi. Ana shu yoshlar qatorida Sariosiyo tumani, “Ma’dankon” mahallasi yoshlar yetakchisi Shamsiddin Fathullayev ham bor. Uning ko‘ksida porlayotgan nishon unga yanada shijoat bag‘ishladi. O‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yib, mahallasi yoshlarining hayotida tub burilishlar yasaydigan g‘oyalar, tashabbuslar ko‘rsatishini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun