Vazifalar ijrosi o‘rganildi

Date:

Aholini kambag‘allikdan chiqarish, jamiyat hayotida o‘z o‘rnilarini topish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumaniga tashrif buyurib, kambag‘allikni qisqartirish borasidagi vazifalar ijrosini o‘rgandi. Dastlab, tumanning “Majnuntol” mahallasida yashovchi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘iga biriktirilgan Sardor Tog‘aymurodovning xonadonida bo‘linib, oilani kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Jumladan, oila “Keys menejment” asosida o‘rganilib, xonadonda ko‘chatchilik yo‘lga qo‘yilgan, turmush o‘rtog‘i tikuvchilikka o‘qitilib, tikuv dastgohi hamda fuqaroning o‘ziga motoroller berilgan. Viloyat rahbari oila uchun yaratilgan sharoitlardan foydalangan holda turmush sharoitini yaxshilash lozimligini ta’kidladi. Oila farzandlari uchun kitoblar jamlanmasi, o‘quv jihozlari hamda bayram sovg‘alari, shuningdek, kiyim-kechaklar topshirildi.Shuningdek, bir guruh ishsiz xotin-qizlarga o‘zini o‘zi band qilishi uchun sharoit yaratish maqsadida tikuvchilik dastgohlari topshirildi hamda ushbu mahallada yashovchi, migratsiyadan qaytib, uyida qo‘ziqorin yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan Hasan Bobomurodov xonadoni bilan ham tanishildi.Viloyat rahbari kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida faoliyatini kengaytirishda ko‘mak ko‘rsatilgan “Surxon baraka” xususiy korxonasi tomonidan qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan “drobilkalar” ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishdi. Tadbirkorning faoliyatini yanada kengaytirishga ko‘mak ko‘rsatish, ishlab chiqarish va ish o‘rinlarini oshirish yuzasidan vazifalar belgilandi.Shuningdek, iqtisodiy kompleks tashkilotlari, tijorat banklari rahbarlarining joriy yildagi faoliyati, yo‘lga qo‘ygan namunali loyihalari hamda kelgusi yildagi rejalari taqdimoti ko‘rib chiqilib, mutasaddilarning axborotlari tinglandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyat eshik ochsa…

Prezidentning 85-sonli farmoni ijrosi doirasida Denov tumanida faoliyat yuritayotgan...

Munosib ishtirok

Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilib o‘sgan iqtidorli sportchi Shohita To‘rayeva III...

“Dala cheti madaniyati”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ–465-son qarori ijrosini ta’minlash...

Loyihalar ijrosi o‘rganildi

Surxondaryo viloyatida 2026-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini ekish...
KunTun
KunTun