Bayram sovg‘alari topshirildi

Date:

Bayram tantanalar bilan qiziqarli, sovg‘alar ila quvonarlidir. Viloyatimiz bo‘ylab bolajonlar qalbini xushnud aylash maqsadida Yangi yil tantanalari bo‘lib o‘tmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumani hokimligida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.

Tadbir Termiz shahri va tumanlar hokimliklarida ham tashkil etilib, viloyat rahbari hududiy studiyalar orqali videokonfrensaloqa orqali bolajonlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabrikladi. Shuningdek, hududiy studiyalarda ishtirok etgan 1 000 nafarga yaqin bolajonga bayram sovg‘alari topshirildi hamda bayramona konsert dasturi namoyish etildi.

Ma’lumot uchun, vohamizda kambag‘allikdan chiqarish dasturiga 1 774 ta oilaning 8 770 dan ortiq a’zolari kiritilgan bo‘lib, shu kunlarda biriktirilgan mas’ullar tomonidan oilalarning maktab yoshidagi farzandlari uchun o‘quv anjomlari, kitoblar jamlanmalari, kiyim-kechaklar va bayram sovg‘alari yetkazib berilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun