Javobgarlikka tortildi

Date:

Tabiatni asrash haqida bong urmoqdamiz, yerga nihol qadab, qo‘lni qo‘lga berib, yoppasiga harakat qilyapmiz-u boshqa tomondan ba’zi kimsalar aks ishlarni amalga oshirmoqda. Bilamizki, tabiatda muvozanat saqlanadi. Ammo bu muvozanatga insoniyat daxl qilsachi? Yashillikka o‘tin, tiriklikka esa go‘sht sifatida qaragay boshlagani fojiamiz. Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida targ‘ibot-tashviqotni kuchaytiramiz, doimiy ravishda reyd tadbirlarini o‘tkazib, xushyor va ogohlikni qo‘ldan boy bermaslikka harakat qilamiz.
Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda viloyat Milliy Gvardiya boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ana shunday tungi reyd tadbirlari davomida Termiz tumani “Soliobod” mahallasida yashovchi fuqaro B.O tomonidan ovchilik yo‘llanmasi olmasdan ov qilish qoidalarini buzgan holda 1 bosh Qorabuzov qushini ovlaganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-modda 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 20 barobari miqdorida 7 million 500 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima belgilandi.
Fuqaro ushbu harakati oqibatida tabiatga 187 ming so‘m zarar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun