Daraxt ekish fidoyilikni talab qiladi

Date:

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 21-oktyabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Bandixon tumanida ham daraxt ekish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.
Bandixon tuman Obodonlashtirish boshqarmasining fidoyi xodimlari tomonidan tuman hududida 2 mingga yaqin daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirilmoqda. O‘tgan yillarda “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida tuman markazida ekilgan daraxtlar bugun bo‘y cho‘zib, tuman markaziga ko‘rk berib turibdi. Ekkan daraxtlari yashnab turganini ko‘rgan bandixonliklarning quvonchi cheksiz. Ana shunday yuqori kayfiyat bilan yerga nihol ekishga kirishganlarning bu safar ham ishlari unum topib, katta bog‘ yaratishlariga xizmat qilsa, ajab emas.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun