Tomorqa — daromad manbai!

Date:

Hovlida yashaydigan fuqarolarning imkoniyati mo‘l. Chunki tomorqasi bor odam kam bo‘lmaydi, ishsizman deb ish ham qidirmaydi, balki ekin-tikin qilib ham dasturxonini to‘ldirib, ro‘zg‘orini butlasa, ortig‘ini sotib, daromad ham ko‘radi. Faqat mehnatidan qochmasa bo‘lgani.
Ayniqsa, tomorqadan unumli foydalanib, yil davomida uch marotaba ekin ekib hosil olish mumkinligi, ishga bo‘lgan ishtiyoqni oshirishi aniq. Angor tumanining “Yuqori Tallimaron” mahallasida 661 ta xonadon bo‘lib, aholi asosan dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Mahalladagi ana shunday namunali oilalardan biri sifatida Shuhrat Obilov xonadonini aytishimiz mumkin.
Har yili tomorqamizga karam, sarimsoqpiyoz, turli xil ko‘katlar ekamiz. O‘tgan yili ham yaxshi daromadga ega bo‘ldik. Bu yil gulkaramning “Brokolli” navini ekkanmiz, hosili pishdi. Xaridorlar kelib uyimizdan olib ketishyapti. Daromadimiz ortidan to‘ylar qilyapmiz, — deydi oila bekasi Halima Kenjayeva.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun