Mavsumga start berildi

Date:

“Bir million o‘zbek dasturchilari” — O‘zbekistonda bir million mahalliy dasturchini tayyorlash loyihasi bo‘lib, loyihada yoshlarni zamonaviy kasblarga bepul onlayn kurslar tashkil etilgan holda o‘qitish maqsad qilingan. Joriy yilning “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinganligi ushbu tashabbusning dolzarbligini yanada oshirdi. Onlayn kurslar uzbekcoders.uz platformasi orqali yo‘lga qo‘yilmoqda.
Toshkent shahridagi Inha universitetida “Bir million oʻzbek dasturchisi” loyihasining navbatdagi ikkinchi mavsumiga start berildi. Ushbu loyiha 2025-2026-yillar rejasida xalqaro IT sertifikatlarni olganlar sonini 2,5 million nafarga, professional xalqaro IT sertifikatlar olganlar sonini esa 30 ming nafarga yetkazishga xizmat qiladi. Qolaversa, loyiha doirasida yuqori natija ko‘rsatgan eng yaxshi 2 ta maktabga Prezident sovg‘asi sifatida elektromobillar berilishi ham rejalashtirilgan. Shu bilan birga, loyiha doirasida 14 ta hududda eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilarga 700 ta noutbuk, Top-10 nafar o‘qituvchilar chet-elga sayohat, loyiha doirasida eng yuqori natija ko‘rsatgan 100 ta o‘qituvchiga 10 mln so‘mdan pul mukofoti va Top-3 oliy ta’lim muassasalariga pul mukofotlari beriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Diplomi tan olinadimi?

O‘zbekiston “Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global...

Insonparvarlikning amaliy ifodasi

Prezidentimizning xalqparvar siyosati natijasida mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat...

Mas’uliyati oshirildi

Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonida Denov tumani Qo‘riqlash bo‘limida...

Ehtiyoj va talab

 Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan...
KunTun
KunTun