Ayollar bepul davolanadi

Date:

«Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida 30-65 yoshdagi ayollarning elektron bazasi (ro‘yxati) shakllantiriladi, ularni tibbiy ko‘rikka taklif qilish tizimi yaratiladi.
Har yili 30-50 yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni saratoni skriningi odam papillomasi virusini polimeraza zanjirli reaksiya tekshiruvi usuli orqali aniqlash hamda suyuqlik sitologiyasi usulida tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
30-65 yoshdagi ayollar har 2 yilda bir marotaba tibbiyot xodimlari tomonidan birlamchi saralashdan o‘tkaziladi. Skrining natijasida onkologik kasallikka chalinganligi aniqlangan bemorlarni tashxislash va davolash bilan bog‘liq xarajatlar budjet hisobidan moliyalashtiriladi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab, onkonazorat xonalari uchun akusher-ginekolog shifokor hamda mobil va statsionar mammograflar ishini 2 ta smenada tashkil etish uchun rentgen-laborantlar shtatlari joriy etiladi. Mammografiya tasvirini o‘qish markazi tashkil etiladi. Odam papilloma virusi diagnostikasi uchun qo‘llanadigan test tizimlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha referens-laboratoriya faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningiga nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb qilinadi.
2025-yil 1-mayga qadar bachadon bo‘yni saratoni skriningi va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash sifatini baholash va monitoring qilib borish hamda skrining dasturiga kiritilgan ayollar bilan qayta aloqa qilish tizimi joriy etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...
KunTun
KunTun