Reklamalar tartibga solinmoqda

Date:

Ko‘cha-ko‘yda kafe, oshxona, go‘zallik salonlari-yu xizmat ko‘rsatish nuqtalarining peshtoqiga ilingan o‘zga tillardagi nomlarga-ku anchayin ko‘nikib qoldik. Ammo xato yozilgan yozuvlar oldidan savodi bor odam jim qarab o‘ta olmaydi. Ana shunday xato va kamchiliklarni tuzatish maqsadida Termiz shahar hokimligi ishchi guruh a’zolari tomonidan shahar hududidagi noqonuniy o‘rnatilgan reklama qurilmalari, axborot yozuvlari, e’lonlar, peshlavhalar, tashqi reklama bannerlari, noqonuniy o‘rnatilgan reklama qurilmalarini demontaj qilish ishlari olib borilmoqda.
Tashqi axborot yozuvlari, e’lonlar, peshlavhalarning, reklama qurilmalarini o‘rnatishda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.

Oldingi sahifaOylik doirasida…
Keyingi sahifaTalaba qizlar bellashdi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun