KIM YURTIGA SODIQ BO‘LSA, MENDIRMAN O‘SHA!

Date:

Alpomishning nechog‘lik mergan ekanini Alpomish dostonini o‘qigan yoki doston asosida ishlangan multfilm yoki filmni tomosha qilganlar yaxshi biladi. Biz esa ana shunday alplar avlodimiz, bu bizning qonimizga, jonimizga singib ketgan. Harakat qilsak, astoydil kirishsak, ko‘zlagan nishonimizga mo‘ljal olgan o‘qimizni tekkizmasdan qo‘ymaymiz.
Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham tuman Milliy gvardiya bo‘linmasi bilan hamkorlikda maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Kim yurtiga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” shiori ostida kamondan o‘q otish musobaqasi o‘tkazildi. qo‘liga kamon tutgan yosh borki, undan o‘q uzib ko‘rdi. Birinchi urinishdanoq natijalar muvaffaqiyatli bo‘ldi. Jarayon qizg‘in tus oldi.
Ushbu musobaqa o‘quvchilarda Vatanga sadoqat, shijoat va qat’iyat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilgan bo‘lsa, ajab emas.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun