Vazifalar ijrosi nazorat ostida

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri, Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlarida qurilish, ko‘kalamzorlashtirish hamda kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi. Jumladan, Termiz shahrida viloyat Bolalar kutubxonasi binosini rekonstruksiya qilish ishlari ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilarga ishlarni jadallashtirish va sifatli amalga oshirish, obyektni foydalanishga topshirish yuzasidan vazifalar topshirildi.
Angor va Sherobod tumanlari hududida — M39 avtomobil yo‘li yoqasida kuzgi daraxt ekish jarayonlari o‘rganildi. Mutasaddilar tomonidan loyihaning joriy mavsumdagi ko‘chat ekish ishlari haqida axborot berdi. Shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivida ko‘p qavatli turar joylar va boshqa obyektlar qurilish jarayonlari o‘rganildi. “Surxon-500” podstansiyasidagi ta’mirlash ishlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi. Neftchilar mahallasida harbiy xizmatchilar uchun 120 xonadonli turar joylar qurilish-montaj ishlari jarayonlari bilan tanishildi.
Tashrif davomida mutasaddilar viloyat rahbariga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar yuzasidan hisobot berib, yangi takliflarni taqdimot qildi. Viloyat rahbari har bir yo‘nalish va soha rahbariga ishlarni sifatli bajarish, kuz-qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasini topshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun