Chiqindidan sovg‘a

Date:

Albatta, har birimiz bir nuqtaga, bitta manzaraga boqib, turli tasavvur, turlicha xayolga boramiz. Muhimi, qarashlarimiz. Derazadan tashqariga boqib kimdir qor yog‘ayotgandagi go‘zal manzarani ko‘rsa, kimdir izg‘irin sovuqni his etadi. Boshqalar esa qorning erib, loyga botgan ko‘chani ko‘rishi mumkin.Kundalik hayotimiz davomida ishlatgan buyum va mahsulotlarimizdan chiqargan chiqindilarni bir qutida yig‘ib, to‘kib kelishni o‘ylaymiz. Shu yerda to‘xtab bir o‘ylab ko‘rganmizmi? Ana shu chiqindilardan foydalanib bo‘ladimi? Boringki, biror nima yasash mumkindir? Bu bilan vaqtimiz mazmunli o‘tib, o‘zimizni foydali ish bilan mashg‘ul qilgan bo‘larmidik?Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining 2024-yil 10-sentyabrdagi tegishli qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi “Yosh ekologlar” harakati Kengashining 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan “Chiqindisiz dunyo uchun!” shiori ostida Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda Oqtepa muhofaza zonasida “Eko sovg‘a” tanlovi  tashkil etildi. Tanlovga ko‘ra, talabalar ishtirokida o‘tkazilgan plogging davomida yig‘ilgan chiqindilardan har xil o‘yinchoqlar va sovg‘alar yasaldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun