Inson qadri ulug‘langan yurt o‘zgarishlar ostonasida

Date:

Oddiygina elektr pechingiz bo‘lsa, non, pishiriqlar pishirib, dasturxoningizni bezaysiz, oilangiz, farzandlaringizni mazali taomlar bilan siylaysiz. Bu bilan kifoyalanmay, shirinliklar, pishiriqlarni buyurtma asosida tayyorlab ham daromad ko‘rishingiz mumkin. Muhimi, tadbirli bo‘lsangiz bo‘ldi. Prezidentimizning 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori yuzasidan Sherobod tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilalarga elektr pechlar topshirilgani xotin-qizlarga ana shunday imkonni berdi. Sherobod tuman hokimi U.Alimov va tuman hokim o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Aminova sektor rahbarlari ishtirok etib, davlatimiz tomonidan 84 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga elektr pech tarqatildi. “Inson qadri uchun” tamoyili asosida odamlarni rozi qilish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun