Tarbiya

Date:

Maktab roʻparasidagi uy. Ota endi tili chiqqan bolasiga soʻz oʻrgatardi:

— Bitta soʻk bolam, oyingni bitta soʻkkin…

Oradan ancha yil oʻtdi. Maktab roʻparasidagi oʻsha uyda ota oʻgʻliga tanbeh berardi:

— Ahmoq, onani ham soʻkib boʻladimi…

Kechirilmas” ayb

U ishdan boʻshatildi. Chunki uning aybi koʻp edi. Kechirib boʻlmasdi aybini. Ishxonadagi hamma guvoh edi uning aybiga. Oqlab boʻlmasdi gunohini. Shu sababli ham xodimlar qistovi bilan boʻshatildi.Uning yagona aybi — nohaqlikka chidolmasdi, haqiqat tarafdori edi u. Nachora…Ishdan boʻshatildi u. Hali yana qancha ishdan boʻshatilishi kerak…

Mening hayotim

Ona oʻgʻlining telefonidan turmush oʻrtogʻiga qoʻngʻiroq qilmoqchi boʻldi va telefon kontaktlarini titkilay ketdi: Dilfuzaxon, Nilufarxon va Mohira ismlarini koʻrib oʻgʻlidan biroz ranjidi. Mening hayotim nomli kontaktga koʻzi tushib, kim ekan oʻsha oʻgʻlimni hayotiga aylanib ulgurgan oyimcha dedi-yu qoʻngʻiroq tugmasini bosdi va choʻntagiga qoʻl solib jiringlayotgan telefonini oldi va yigʻlab yubordi…

Oldingi sahifaMuammolar ochiqlandi
Keyingi sahifaSportchimiz gʻolib…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolalar uchun yangi imkoniyatlar

Mamlakatimizda “inson qadri – eng oliy qadriyat” tamoyili asosida...

100 gektarda yashil maydon

Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirish davlat...

Kichik loyiha — katta natija

Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Bolalarga quvonch ulashib…

Jamiyatda mehr-oqibat va saxovat qadri baland bo‘lgan yurtda ezgu...
KunTun
KunTun