Xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalarimiz mustahkamlanadi

Date:


Ijtimoiy tarmoqlar, internet sahifalari orqali yurtimizda, xususan Surxondaryo viloyatida bo‘layotgan voqea-hodisalar tafsiloti, yangiliklarni zimdan kuzatib, hali Germaniya, Rossiya Federatsiyasi kabi qator rivojlangan davlatlarning ishbilarmon doira vakillari tashrif buyurayotgani, o‘z navbatida viloyatimiz delegatsiyasi hali u, hali bu davlatlarda xizmat safarida bo‘layotganini ko‘rib, kuzatib bormoqdamiz. O‘z-o‘zidan ayonki, bunday tashriflar tomonlar uchun manfaatli kelishuvlarga boy bo‘lmoqda.
Ana shunday foydali maqsadlarda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoy elchisi Yuy szyun, Germaniya elchisi Manfred Xuterer, Chexiya elchisi Lyubomir Frebort, Qatar elchisi Hasan Hamza Asad Muhammad Hoshim, BAA elchisi Muhammad Doxeriy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev va Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Ilhom Xaydarov ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda Surxondaryo viloyatida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, investitsiyalarni jalb qilish, infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi. Yurtimizga keladigan texnika-texnologiyalar, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlarining kirib kelishi aholi talabiga munosib taklif bo‘lib xizmat qilishiga shubha yo‘q.
Shuningdek, uchrashuv davomida Afg‘oniston bilan iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, Termiz xalqaro savdo zonasi, u yerda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, vohamizning investitsion salohiyati, ushbu davlatlar investorlarini jalb qilgan holda amalga oshirish imkoniyati mavjud soha va tarmoqlar, loyihalar ko‘rib chiqildi. Bu kabi uchrashuvlar O‘zbekistonning mintaqadagi diplomatik mavqeini mustahkamlashga, iqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantirishga va qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan strategik ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun