Olimlar yo‘llarini yorituvchi yog‘du

Date:

Biz qachon olimlar hayoti to‘g‘risida o‘qir ekanmiz, bizga ibrat bo‘lgulik hayotiy darslik, hujjat va tarixiy satrlar uzra ko‘z yugurtiramiz va ularning hayotidan ma’naviy oziqa olamiz. Termiziy bobolarimiz hayotlari ham asrlarga tatugidek ma’noli va foydali o‘tganligiga shubha qilmaymiz. Jumladan, imom Termiziy hayoti o‘zining mazmun va mohiyati bilan ko‘pchilikni hayratga solib, yozgan asarlari qanchadan-qancha darsliklar orqati talabalar yo‘lini yoritib kelgan. O‘n yetti va o‘n sakkizinchi oktyabr kunlari o‘tkazilgan anjumanda yigirmaga yaqin mamlakatlar ulamo va fuzalolari Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazida mehmon bo‘lib, imom Termiziy va hakim Termiziy haqlaridama’ruzalar qilishar ekan, ular o‘z nutqlarida imom Termiziyning shogirdlari ekanliklarini e’tirof etishdi. Ular yozgan asarlar dunyo olimlari yo‘llarini yorituvchi yog‘du kabi bo‘lgan ekan, biz ham Temiziylar hayotidan satrlar keltirmak maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Imom Termiziy hadis uchun yashadi, barcha sayohatlarini hadis ilmiga bag‘ishlay oldi. U Xuroson, Iroq va Hijoz olimlaridan saboq oldi. U muhaddislar imomi bo‘lmish imom Buxoriyning shogirdi. U o‘zining hadis fiqhidagi bahslari va mulohazalari bilan Imom Buxoriyga yoqqan.
Muhammad Iso ibn Savra ibn Muso ibn az-Zahhok boshqa manbada: Muhammad ibn Iso ibn Yazid ibn Savra ibn as-Sakandir. Boshqasida esa: Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Shaddod ibn Iso as-Salamiy at-Termiziy az-Zarirdir. U hijriy sananing zulhijja oyi 209/630-yil Termiz shahridan olti farsax uzoqda joylashgan Bug‘ qishlog‘ida tavallud topgan.
Imom Temiziyning bobosi Savra Marvaziy Marvlik edi. O‘sha bobosi Lays ibn Yasor davrida Bug‘ qishlog‘iga borgan. Ammo Salamiy nisbasi G‘aylon qabilasining bani Salama sulolasidan ekanligi uchundir.
Imom Termiziy hadis ilmi tahsili uchun kechirgan hayoti davomida barcha sayohatlarini shu yo‘lda o‘tkazdi. U o‘zining asrida beshta sahih kitoblar mualliflari ular: Imom Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Nasoiy va Ibni Moja birga to‘qqiz ustozdan ilm olishga sherik bo‘ldi.
Ular: Muhammad ibn Bashshor ibn Bindor, Muhammad ibn Musanno, Ziyod ibn Yahyo al-Hassoniy, Abbos ibn Abdulazim al-Anbariy, Abu Sa’id, al-Ashah Abdulloh ibn Sa’id al-Kandiy, Amr ibn Ali al-Qalonsiy, YA’qub ibn Ibrohim ad-Davraqiy, Muhammad ibn Mu’ammar al-Qaysiy va Nasr ibn Ali al-Jahzamiydirdar.
Imom Termiziyning o‘ziga xos imtiyoz va axloqlari:
Imom Termiziy ilmni yaxshi ko‘rgan, shu yulda ko‘p safar qilgan, olimlar bilan suhbat qilgan, ularning suhbati uchun masofa kezgan hamda ularning ilmidan foyda olgan.
Yodlash qobiliyati kuchli bo‘lgan.
Imom Termiziyning yozgan kitoblari:
“Al-jomi’ li as-sunan”, “Al-ilal as-sug‘ro” bu “Al-jomi’” kitobining tarkibida kirish qismidan iborat bo‘lib, kitob yo‘riqnomasi vazifasini o‘taydi. Imom Termiziyning “Jomi’”idan olimlar hamda faqihlar birdek foydalanishgan. Shu kitob bilan bu inson yer yuziga tanildi. Termiziyning o‘zi shu kitob haqida gapirar ekan shunday deydi: “Men bu kitobni yozib bo‘lgach, uni Hijoz olimlariga ko‘satganimda ularga maqul bo‘ldi. Men uni Iroqlik olimlarga ko‘rsatdim, ular ham ma’qullashdi. Uni Xuroson olimlariga ko‘rsatdim, ularning qarashlari ham bu kitobga yaxshi bo‘ldi. Ushbu kitob kimning uyida bo‘lar ekan, go‘yo uning uyida Payg‘ambar gapirib turgandekdir”, degan.
“Shamoil al-Muhammadiya” asari.
“Al-jomi’” hamda Imom Temiziyning imtiyozli yo‘li:
“Jomi’ at-Termiziy” musannifi unga hadisshunoslik ilmi qoidalari keltirishi bilan boshqa jomi’lardan ajralib turadi. Ushbu qoydalar ko‘p mehlat va did bilan ishlangandir. Musannif uni “Kitob al-ilal” nomi bilan “Al-jomi’” boblari kitobning boshida keltirilgan. U fuqaholar gaplari hamda muhaddislar qoyda va sabablariga e’tibor qaratgani, shu qoidalarni yozishga undaydi va shu narsa qattiq ehtiyoj borligini sezadi. Shu maqsadda u Alloh taolo yo‘lidan savob umid qilib, mutaqaddimlar yo‘lidan borar ekan boshqalar qo‘l urmagan ishni qiladi.
“Al-jomi”ning boshqa hadis kitoblardan ajratib turadigan imtiyoz va xususiyatlari: U hadisning holatiga qarab, uning darajasi sahih, hasan, g‘arib yoki zaif ekaniga qaror qiladi. U hadisni keltirgach; “U hasan va sahih yoki hasan, sahih va g‘arib”, desa, bazida: “U g‘arib hadis falonchining gapi”, degan. Buning ma’nosi nisbatda g‘arib, deganidir. Agar hadisga boshqa rivoyatlar qo‘shilsa: “U g‘aribdir”, deyilmaydi. Agar bashqa yo‘l bilan aytilmagan bo‘lsa: “U g‘aribdir, unga shu yo‘ldan boshqa yo‘l ko‘rmadik”, deydi. Hadisga bir illat bo‘lsa, “Jomi’” o‘sha illatni bayon qiladi. Biz uni shunday deganini kuzatamiz: “Bu hadis mursaldir, chunki faloncha tobe’inlardan va u Nabi sollallohu alayhi vasallamdan bevosita rivoyat qilmagan, yoki u falonchidan rivoyat qilmaganiga sabab u bilan uchrashmaganidir”, deydi.
Imom Termiziy haqida olimlarning fikrlari:
Abu YA’lo al-Xalil ibn Abdulloh o‘zining “Ulum al-hadis”kitobida: “Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Shaddodni ulamolar hofizi quron ekaniga ittifoq qilishagan, uning “Sunan”, “Al-jarh va at-ta’lil” kitoblari bor. Abu Mahmud va ulug‘lar undan rivoyat qilganlar. U omonatdorlik, imomlik hamda olimlik bilan mashhurdir”, degan.
Ibni Asir: “Termiziy imom va hofiz edi. U yaxshi kitoblar muallifi bo‘lib, ulardan biri “Al-jomi’ as sahih”dir. U kitoblar ichida yaxshisidir”, degan.
Imom Zahabiy: “U olim hofiz va “Al-jomi’”ning egasi hamda siqa ekaniga ittifoq qilingandir”, deydi.
Ibn al-Imod al-Hanbaliy: “U tengdoshlaridan o‘zib ketgan, yodlash va pishshiq bilishda hujjat edi”, degan.
Imom Sam’oniy: “Unga o‘z asrining imomi edi, to‘g‘ri baho bergan bo‘lamiz”, deydi.
Imom Termiziyning vafoti:
Imom Termiziy ilm va amalga to‘la hayotni o‘tab bo‘lgach hijriy sananing rajab oyida 279/892-yil o‘zining qishlog‘i Bug‘da vafot etdi. U ilm olib, kitoblar yozib, muzokara munozara olib bordi. U umrining sungida ko‘rish ne’matidan mahrum bo‘lgandi.

Abbosxon Abdullayev,
Markaz ilmiy xodimi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Burchga sadoqat bilan…

Mamlakatimizda qonun ustuvorligi va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalasi davlat...

Estafeta Qashqadaryoga topshirildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘quvchi yoshlar...

Manguzardagi o‘yingoh ta’mirlanadi

Ijtimoiy sohani rivojlantirish doirasida ta’lim muassasalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish,...

“Armiya va xalq – bir tanu bir jon!

Ana shunday ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy...
KunTun
KunTun