Tilim – qalbim tarjimoni

Date:

Til — qalb tarjimoni deyishadi. Ko‘nglimizda kechayotganlari timizga chiqqandagina asl muddaoyimiz ayon bo‘ladi. Ha, tilning hayotimizdagi o‘rni nihoyatda katta. Aynan ust-boshimizga qarab kutib olsalar, so‘zlarimizga, ma’naviy olamimizga qarab kuzatadilar. Shunday ekan, tilimizni sof saqlash, shaxsiy rivojlanishga e’tibor qaratish, ortiqcha hoy-u havaslarga berilmaslik lozim. Aslida bugunning dolzarb sanalayotan talabi ham shu.
O‘z ona tilimizni qay darajada bilamiz va nechog‘lik savodxon ekanimizni aniqlovchi turli tanlovlar, tadbirlar tashkil etib turiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan ona tili o‘zbek tili bo‘lmagan xorijlik talaba-yoshlar o‘rtasida har yili “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish belgilangan. Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida tanlovning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning respublika bosqichida ishtirok etgan Termiz davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi Emodi Nesar Ahmad faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun