Termizdan Jarqo‘rg‘onga qadar…

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Germaniya elchisi bilan uchrashuvdan keyin, Termiz tumanida Al-Hakim at-Termiziy majmuasiga boruvchi yo‘lbo‘yi hududlari hamda yo‘laklarni tartibga keltirish, ta’mirlash, shuningdek, yashil hududlarni yaratish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Shundan so‘ng, “Termiz erkin iqtisodiy zonasi” hududida “Surxon sendvich” MChJ tomonidan bazalt xom ashyosidan mineral vata ishlab chiqarish loyihasi qurilishi bilan tanishildi. Umumiy qiymati 26 million dollar bo‘lgan ushbu loyihaning ishga tushirilishi natijasida 320 ta yangi ish o‘rni yaratish, yiliga 20 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish hamda 4,5 mln dollarlik mahsulotni eksport qilish rejalashtirilgan.
Viloyat rahbari hududlarga tashrifini Jarqo‘rg‘on tumanida davom ettirib, Qorayontoq mahallasida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar, ijtimoiy sohahamda boshqa obektlar qurilishini ko‘zdan kechirdi. Shu yerning o‘zida ishlarning borishi va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun