Maktab issiqxonasidan kuniga 15-20 kilogramm hosil olinmoqda

Date:


Termiz shahridagi 16-sonli maktab rekonstruksiyaga tushib, to‘liq ta’mirdan chiqarilgan, barcha shart-sharoitlar yaratilganidan xabaringiz bor. Maktab o‘quvchilaridan talab etilgani esa amalga oshirilgan ishlarga javoban munosib o‘qib o‘rganishlari, kelajakda yetuk kadrlar bo‘lib yetishishlaridir.
Maktab jamoasi ta’lim-tarbiya jarayoniga katta e’tibor qaratish bilan birga, o‘zlaridagi imkoniyatlardan ham unumli foydalanishgan. Maktabning hovlisidagi 2 sotix yer maydonida mo‘jazgina issiqxona tashkil etib, bugungi kunda issiqxonada bodringlar parvarish qilinmoqda.
Buni qarangki, bir necha oy ilgari yerga ekilgan bodringlar bugunga kelib hosil bera boshladi. Texnik xodimlarning mehnatlari samarasi o‘laroq, bodringdan kuniga 15-20 kilogramm hosil olinmoqda.
— Olingan hosilning bir qismini maktab jamoasi uchun ajratayotgan bo‘lsak, yana bir qismini ichki bozorlarda sotib, olingan daromadni moddiy-texnik bazani yaxshilash uchun sarflamoqdamiz, — deydi maktab direktori Ulug‘bek Isayev. — Qolaversa, issiqxona texnologiya fani uchun o‘quvchilarga amaliyot o‘tashda ham xizmat qilmoqda. O‘g‘il-qizlar issiqxonada o‘simliklar parvarishlash, yer bilan ishlash sirlarini o‘rganishyapti.
Maktab jamoasi kelgusida ushbu issiqxonani yanada kengaytirib, turli gul ko‘chatlarini ham parvarishlashni rejalashtirishgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

NAQD PULDAN RAQAMLI TIZIMGA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrda qabul qilingan PF-246-sonli Farmoni...

“BIZ KIM MULKI TURON, AMIRI TURKISTONMIZ”

Mamlakatimiz milliy rivojlanishning yangi bosqichi — Uchinchi Renessansga qadam...

Massiv mo‘jaz  manzilga aylandi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Obyektlar tizimga kiritildi

Bandixon tumani, "Qaldirg‘och" mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “Oʻzboshimchalik...
KunTun
KunTun