Rektor Evren Rutbil bilan uchrashdi

Date:

Otaxon oliygoh sanalmish Termiz davlat universitetining nufuzi, ilmiy salohiyati ko‘plab yoshlarni o‘z bag‘riga chorlayotgani sir emas. Ayniqsa, xalqaro oliygohlar bilan hamkorlik aloqalari yoshlarimizni nafaqat nazariy, balki amaliy tajriba almashish maqsadida dunyoning turli davlatlaridagi oliygohlarda tahsil olishiga sabab bo‘layotir. Ana shunday xalqaro aloqalarni davom ettirgan holda TerDU rektori A.Toshqulov Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti direktori Evren Rutbil bilan uchrashdi.
Muloqotlar jarayonida Surxondaryo hududidagi tarixiy-madaniy meros yodgorliklarini saqlash va qayta tiklash maqsadida qo‘shma loyihalarni va xalqaro malaka oshirish kurslarini boshlash, hamkorlikda tarixiy-madaniy meros yodgorliklarini saqlash va qayta tiklash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan laboratoriya tashkil etish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlanib, muzokaralar olib borildi. Eslatib o‘tish joizki, Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti va Termiz davlat universiteti o‘rtasidagi madaniy meros yodgorliklarini saqlash va qayta tiklash sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari ko‘p yillik tarixga ega.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun