Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi

Date:

Har bir fanning o‘z sir-u sinoatlari bo‘ladi. Uni rivojlantirish uchun esa ilm ahli tadqiqotlar olib boradi, fanni rivojlantiradi, sohada yangi sahifalarni ochadi. O‘z sohasiga umrini baxshida etgan ana shunday olimlar bilan zamondoshmiz. Bu bizga bir olam faxr va iftixor tuyg‘usini ulashish bilan birga ko‘proq o‘qib o‘rganish, sohada o‘z yo‘limizni toppish uchun munosib motivatsiya olishimiz lozim. Termiz davlat universitetida biologiya fanlari doktori, professor Shukur Xurramov ham ana shunday ilm ahlining biri. Professor tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “Zoologiya fanini rivojlantirishda zamonaviy tadqiqotlar: muammolar va istiqbolli yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Anjumanning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti, respublikamiz OTM professor-o‘qituvchilari, hamkasblari, shogirdlari ishtirok etishib, ustozning sermahsul hayot yo‘llariga nazar tashlashdi. Konferensiyada ishtirokchilar sho‘balarga bo‘lingan holda ishtirok etdilar va mavzular bo‘yicha qilingan ma’ruzalardan o‘zlari uchun qimmatli bilimlarni oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun