Loyihalar va taqdimotlar bilan tanishildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq Termiz shahri, Jarqo‘rg‘on va Denov tumanlarida investitsiya, eksport va sanoat yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar, korxonalar hamda taqdimotlar bilan tanishdi. Dastlab, Termiz shahrida “Tinchlik” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida amalga oshirilayotgan ishlar, lotlarda yo‘lga qo‘yilayotgan loyihalar bilan tanishildi. Shu yerning o‘zida sanoat korxonalari faoliyatida aniqlangan muammolarni hal etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Angor tumanida “Surxon golden trade” MChJ tomonidan 14 gektar maydonda qiymati 19,9 mln dollarlik logistika markazi tashkil etish hamda Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazida laboratoriya binosi qurish loyihalari taqdimoti bilan tanishildi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Jarqo‘rg‘on tumani Madaniyat markazida Termiz shahri va tumanlarda eksport ko‘rsatkichlarining bajarilishini mutasaddilar ishtirokida muhokama qildi hamda eksportyor korxonalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda dastlab mutasaddilarning axborotlari tinglandi, shuningdek, mavjud muammolar tahlil qilindi. Tadbirkorlar bilan muloqotda ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi.
Viloyat rahbari Jarqo‘rg‘onga tashrifi davomida “Jasur Agromash Servis MTP” MChJning gips ishlab chiqarish korxonasi ochilish marosimida ishtirok etdi. Umumiy qiymati 1,5 mln dollar bo‘lgan mazkur loyiha yillik 60 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, korxonada 30 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Shuningdek, tadbirkor tomonidan ohak ishlab chiqarish loyihasi ham taqdimot qilindi.
Viloyat rahbari hududlarga tashrifini Denov tumanida davom ettirib, dastlab, Denov va Oltinsoy tumanlarini bog‘lovchi ko‘prik hamda avtomobil yo‘li holatini ko‘zdan kechirdi. Mutasaddilarga yo‘l va ko‘prikda joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish vazifasi topshirildi. Shuningdek, tumanning Qiziljar mahallasida joylashgan “Do‘stlik” parkidagi mavjud sharoitlar bilan tanishildi. Viloyat rahbari park o‘rnida yangi bog‘ tashkil etish loyiha taklifini bildirgan tadbirkor bilan hududni ko‘zdan kechirdi.
Qizilsuv daryosi bo‘yida Qiziljar mahallasidagi “Do‘stlik” parki o‘rnida “Yangi O‘zbekiston” bog‘ini tashkil etish, Denov markaziga boruvchi 4R-108v avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish, turar joylar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari qurish loyihalari taqdimoti bilan tanishildi. Berilgan tavsiyalarni inobatga olgan holda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ini tashkil etish loyihasini qaytadan puxta ishlab chiqish topshirig‘i berildi.
Tashrif yakunida “Qo‘zichoqli” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar, yo‘lga qo‘yilayotgan korxonalar faoliyati hamda ularda yaratilayotgan ish o‘rinlari bilan ham tanishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzunlik polvon misrda kuchini ko‘rsatdi

Bugungi kunda parasport turlari bo‘yicha yoshlarimizning erishayotgan yutuqlari barchamiz...

“Kitob o‘qib kam bo‘lmadik, yuksaldik, o‘sdik”

Oila — insonning birinchi maktabi, kitob esa bu maktabning...

BOBOTOG‘DAY BO‘LDI XIRMONLAR…

Viloyatimiz paxtakorlari yurtimiz agrar sohasida navbatdagi yirik yutuqqa erishdi...

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Timur ISMOILOVning voha ahliga MUROJAATI

So‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli...
KunTun
KunTun