Xalqaro kuzatuvchilar Surxondaryo viloyatida

Date:

Ko‘cha-ko‘yda qayga boqmaylik, deputatlikka nomzodlarning surat-u shiorlariga ko‘zimiz tushadi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa saylovga necha kun qolgani kunlik berib borilayotir. Ushbu siyosiy jarayonlarni munosib tashkil etish va saylovni risoladagidek, adolatli, haqqoniy va shaffof tarzda o‘tishini ta’minlash maqsadida bor imkoniyatlar ishga solingan. Xalqaro kuzatuvchilarning nigohi ham yurtimizda kechayotgan ayni jarayonlarga qaratilgan.
Davlat vakillik organlari saylovlarida uzoq muddatli kuzatuvchi sifatida mamlakatimizga tashrif buyurgan YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi vakillari Xaynek Kristian Oliver (Avstriya) hamda Erdenebat Sengel (Mongoliya) Surxondaryo viloyatda o‘z missiyasini boshladi.
Bugun – missiyasining birinchi kunida xalqaro kuzatuvchilar viloyat hududiy saylov komissiyasi faoliyati bilan tanishdi. HSK raisi Zebuniso Alimardonova yangilangan saylov qonunchiligi bo‘yicha o‘tkaziladigan bu yilgi saylovlarning o‘ziga xos xususiyatlari, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
O‘zaro muloqot chog‘ida xalqaro kuzatuvchilar shu paytgacha tanishganlari asosida viloyatimizda saylovlarga tayyorgarlik borasida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi.

Oldingi sahifaQaytar dunyo…
Keyingi sahifaViloyat hokimi Denovda

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun