O‘g‘il onasini o‘ldirsa…

Date:

Ona deganda dunyodagi eng ulug‘ zor, eng yaqin va mehribon insonimiz ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Ularga faqat va faqat yaxshilikni ravo ko‘ramiz. Bizni oq yuvib, oq taragan zotga nisbatan tuyg‘ularimiz, munosabatimiz boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. Boshqacha qabihlikni inson zoti qila olmaydi. Qildimi, demak u odam emas, uni hayvon ham deb bo‘lmaydi.
Afsuski, oramizda ana shundaylarning borligi bizning fojiamiz. U onasidan spirtli ichimlik uchun pul so‘radi, o‘rtada ko‘tarilgan janjal esa fojia bilan tugadi. 40 ga yaqinlashib qolgan o‘g‘il mast holatda onasi bilan janjallashib, bolta bilan urib o‘ldirdi…
Mazkur holat yuzasidan sud ishi JIB Denov tumani sudida ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi JKning 97-moddasi 2-qismi “v”, “j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ham tayinlandi. Ammo endi onasi yo‘q, qaytib kelmaydi. 18 yil panjara ortida o‘tirsa-da, bu yillar uning jinoyatini, qo‘llaridagi onasining qon izlarini yuva olmaydi. O‘ziga, o‘zligiga, jon-jigarlariga bu qilmishini qanday haspo‘shlaydi? Bu qilmishni oqlab bo‘larkanmi?
Bu kimgadir saboq, kimgadir ibrat bo‘lishi kerak. Onalarimizni asraylik, ularning borligi baxt axir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun